date

Luis de la Fuente: Lamine Yamal hech narsani tekinga olmaydi

Luis de la Fuente: Lamine Yamal hech narsani tekinga olmaydi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Barselona yulduzi Lamine Yamalning mashg‘ulotlardagi fidoyiligini yuqori baholadi. 18 yoshli vinger 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kuniga uch soatdan ortiq vaqtini mashg‘ulotlarga sarflamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

De la Fuentening ta’kidlashicha, Yamalning muvaffaqiyati faqat tabiiy iste’dod bilan bog‘liq emas. Futbolchi sport zalida, fizioterapevt, nutritsiolog va psixolog nazorati ostida qattiq ishlamoqda. Murabbiy buni "ko‘rinmas mashg‘ulot" deb atab, futbolchining professional yondashuvini alohida e’tirof etdi.

Aprel oyi oxirida mushaklari jarohatlangan Yamal ayni damda Barselona bazasida maydonga qaytish ustida ishlamoqda. Ispaniya terma jamoasi shtabi futbolchining tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Murabbiy Dani Olmoning Yevro-2024dagi tajribasiga tayanib, Yamalni Jahon chempionatida ehtiyotkorlik bilan maydonga tushirish rejasini ham istisno etmadi. Maqsad — vingerning turnirning hal qiluvchi bosqichlarida 100 foiz tayyor bo‘lishini ta’minlashdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis de la Fuente: Lamine Yamal hech narsani tekinga olmaydi