FIFA JCh-2026 uchun ofsaydni aniqlash tizimini takomillashtiradi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatiga qadar ofsaydni aniqlash texnologiyasini yanada takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilot prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, o'yinchilar joylashuvini aniq qayd etish uchun FIFA sun'iy intellekt yordamida barcha futbolchilarning 3D modellari yaratiladigan yechimni joriy etadi. Natijada tizim ofsayd holatini belgilashda tezroq va aniqlik bilan ishlashi kutilmoqda.
Avvalroq Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi 2026 yil 20 yanvar kuni ofsayd qoidalariga oid ehtimoliy o'zgarishlarni muhokama qilishi haqida xabar berilgandi. Agar yangiliklar ma'qullansa, ular joriy mavsumning o'zidayoq kuchga kirishi mumkin.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Kanada, Meksika va AQShda bo'lib o'tadi. Musobaqada ilk bor 48 ta jamoa qatnashadi, ular orasida O'zbekiston terma jamoasi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!