Al-Ittihod Benzemaning kelajagi borasida pozitsiyasini bildirdi

Karim Benzemaning «Al-Ittihod» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunigacha moʻljallangan. Saudiya klubi sport direktori Ramon Planes hujumchining keyingi rejalariga oid savollarga javob qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Planesning taʼkidlashicha, Benzema jamoada qolishni istaydi va faoliyatini Saudiya Arabistonida hamda «Al-Ittihod» safida davom ettirishga qatʼiy bel bogʻlagan. Uning fikricha, klubda jiddiy loyiha shakllanmoqda va tarkibda yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangan.
Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida 38 yoshli fransuz futbolchi kelajagi haqida berilgan savollarga aniq javob bermay, hozirgi vaziyatga eʼtibor qaratayotganini aytgandi.
Hozirda «Al-Ittihod» Saudiya Arabistoni Pro-ligasi turnir jadvalida beshinchi pogʻonada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!