Gladilin Mbappe o'ynamasa ham Barselonaga oson bo'lmaydi

Jarohatdan tiklangan Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi finali oldidan Saudiya Arabistoniga yetib keldi. Biroq hozircha uning "Real"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi yoki umuman o'ynashi masalasi aniq emas. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Spartak"ning sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gladilin Mbappening ehtimoliy yo'qligi "Real" uchun hal qiluvchi muammo bo'lmaydi, degan fikrda. Uning aytishicha, bu yo'qotish bo'lsa-da, madridliklar Mbappesiz ham g'alaba qozonib kelgan, tarkibda kuchli futbolchilar yetarli va shu sabab "Barselona"ga baribir yengil bo'lmaydi.
"Barselona" – "Real" uchrashuvi 11-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing