date

Patris Evra PSJ uni shubha sabab qabul qilmaganini aytdi

Patris Evra PSJ uni shubha sabab qabul qilmaganini aytdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi va Fransiya terma jamoasi tarkibida o‘ynagan Patris Evra faoliyatining boshida «PSJ»ga o‘tishi mumkin bo‘lganini eslab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Evraga ko‘ra, u Parij klubida ko‘rikdan o‘tgan, ammo yakunda shartnoma taklif etilmagan. «Menga: “Sen juda yaxshisan, lekin bo‘ying past. Qolaversa, bo‘yingni hisobga olsak, kiyim almashtirish xonasida o‘g‘irlik qilishingni istamaymiz”, deyishgan», — deya Evradan iqtibos keltiradi Football Talk.

Evra faoliyati davomida «Marsala», «Monza», «Nitsa», «Monako», «Manchester Yunayted», «Yuventus», «Marsel» va «Vest Hem» klublari sharafini himoya qilgan. U jami 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan — ular orasida Angliyada besh, Italiyada ikki chempionlik hamda Chempionlar ligasi ham bor. Fransiya terma jamoasida esa Evra 81 o‘yin o‘tkazgan va gol yoki assist qayd etmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Patris Evra PSJ uni shubha sabab qabul qilmaganini aytdi