date

Tedeskodagi Fenerbahche Turkiya Superkubogini qo'lga kiritdi

Tedeskodagi Fenerbahche Turkiya Superkubogini qo'lga kiritdi

Shanba kuni Turkiya Superkubogi finali bo'lib o'tdi. Hal qiluvchi bahsda Galatasaray va Fenerbahche to'qnash keldi, uchrashuvda "kanareykalar" 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fenerbahche gollarni har ikkala bo'limda bittadan kiritdi: 28-daqiqada Matteo Genduzi hisobni ochdi, 48-daqiqada esa Jeyden Oʻstervolde ustunlikni mustahkamladi.

Ta'kidlash joiz, Fenerbahchega Domeniko Tedesko bosh murabbiylik qilmoqda. Mutaxassis avvalroq Rossiyada Spartakni boshqargan, Istanbul klubi esa uni o'tgan kuzda jamoa boshqaruviga olib kelgandi.

Galatasaray esa o'tgan mavsum Turkiya chempionati va Turkiya Kubogida g'olib chiqqan edi, biroq bu safar Superkubok finalida raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tedeskodagi Fenerbahche Turkiya Superkubogini qo'lga kiritdi