Shtutgart 1982 yildan beri ilk bor safarda shunday ustunlikka erishdi

Germaniya chempionatida Bundesliganing navbatdagi uchrashuvlari qayta boshlandi. "Shtutgart" safarda Leverkuzenning "Bayer" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2024 yilgi chempionni kutilmaganda oson tarzda 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shvablar tanaffusga qadar hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Ma'lum bo'lishicha, "Shtutgart" Bundesligada safar o'yinida tanaffusgacha bunday yirik ustunlikni 1982 yil sentabridan beri qayd etmagan: o'shanda "Nyurnberg" maydonida ham birinchi bo'limdan keyin 4:0 oldinda borib, yakunda 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Ushbu uch ochko afsonaviy "mersedeslar" ishlab chiqariladigan shahar klubi uchun turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilish imkonini berdi. Keyingi turda "Shtutgart" o'z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!