date

Laporta Realga qarshi revansh haqida savolga javob berdi

Laporta Realga qarshi revansh haqida savolga javob berdi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klub “Real”dan kuzgi “el klasiko”dagi mag‘lubiyat uchun revansh olishni ko‘zlayaptimi, degan savolga munosabat bildirdi. O‘shanda kataloniyaliklar Madridda Ispaniya chempionati o‘yinida 1:2 hisobida yutqazgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar “Barselona” va “Real” Saudiya Arabistonida to‘qnash keladi — jamoalar Ispaniya Superkubogi finalida bahs olib boradi. Laportaning aytishicha, gap revanshda emas, asosiy maqsad — g‘alaba.

“Revanshmi? Kayfiyat faqat g‘alabaga qaratilgan, raqobat qanchalik kuchli bo‘lishidan qat’i nazar. Biz juda yaxshi o‘ynashni, ushbu sovrinni yutishni va muxlislarni xursand qilishni juda istaymiz. Umid qilamizki, ertaga g‘alaba qozonamiz va buni quvonch bilan nishonlaymiz”, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi El Espanol.

“Barselona” — “Real” finali 11-yanvar kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) старт oladi. Uchrashuvni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Realga qarshi revansh haqida savolga javob berdi