date

Kanseluning Barselonaga o‘tishi vaqtincha kechiktirildi

Kanseluning Barselonaga o‘tishi vaqtincha kechiktirildi

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubida to‘p surayotgan o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu yaqin kunlarda «Barselona» safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomonlar portugaliyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 31 yoshli futbolchi juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «ko‘k-anorranglilar» safida rasman e’lon qilinishi kerak edi, biroq klub bu xabarni hozircha ortga surdi. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yakshanba kungi Ispaniya Superkubogi finalida «Real»ga qarshi o‘yin oldidan barcha e’tiborni «el klasiko»ga qaratishni istamoqda. Shu sabab Kanseluning tibbiy ko‘rigi dushanba kuni, taqdimoti esa seshanba kuniga rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanseluning Barselonaga o‘tishi vaqtincha kechiktirildi