Shtutgart Bayer maydonida bir taymda to'rtta gol urdi

Germaniya Bundesligasining 16-turida "Bayer" – "Shtutgart" uchrashuvi kutilmaganda bir tomonlama ssenariyda kechdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
7-daqiqada Deniz Undav uzatmasidan so'ng Jeymi Leveling hisobni ochdi. 29-daqiqada esa Maksimilian Mittelshte'dt penaltidan darvozabonni chalg'itib, farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Leveling uzoq masofadan aniq zarba bilan dublni rasmiylashtirdi, oradan ko'p o'tmay Undav navbatdagi hujumni gol bilan yakunlab, tanaffusgacha hisobni 0:4 ko'rinishiga keltirdi.
66-daqiqada Alejandro Grimaldo penaltidan gol urib, "Bayer"ning hisobdagi farqni qisqartirishiga erishdi — 1:4.
Bu natijadan so'ng har ikki jamoada 29 tadan ochko bor. Ular "RB Leyptsig" bilan birga turnir jadvalida uchinchi o'rinni bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!