date

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashni belgiladi

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashni belgiladi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu karyerasini qachon yakunlash bo‘yicha rejasini aniqlashtirdi. Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi amaldagi shartnomasi tugaydigan 2027 yil yozida Saudiya klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, aynan o‘sha paytda Ronaldu katta ehtimol bilan futbolchilik faoliyatini ham yakunlaydi. 5 karra «Oltin to‘p» sohibi 2027 yilga borib 42 yoshda bo‘ladi.

Ronaldu «Al-Nasr» safida 2023 yil boshidan beri to‘p tepmoqda. Hozir 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 uchrashuvda 16 gol urib, to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashni belgiladi