Jikiya agenti uning Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

“Antalyaspor” himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u mikrojarohat sabab maydonga tushmagan, hozir esa tiklanib bo‘lgan va katta ehtimol bilan keyingi uchrashuvda o‘ynaydi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 bor gol urdi. Uning “Antalyaspor” bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing