date

Djikiyaning agenti Antalyasporda qolishi mumkinligini aytdi

Djikiyaning agenti Antalyasporda qolishi mumkinligini aytdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya kelajagi bo'yicha futbolchining agenti Vladimir Kuzmichyov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so'zlariga ko'ra, Djikiya bilan hammasi joyida va klub unda jiddiy rejalarga ega. So'nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi mikrojaroqat bo'lgan, hozir esa tiklanib ulgurgan va keyingi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq matbuotda turk klubi "Spartak"ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Djikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining "Antalyaspor" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiyaning agenti Antalyasporda qolishi mumkinligini aytdi