Yuventus Sevilya himoyachisi Xuanlu Sanchesni kuzatmoqda

Turinning «Yuventus» klubi «Sevilya»ning o'ng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi turinliklar uchun Pyer Kalulyuga zaxira sifatida qaralmoqda. Bitim faqat «Sevilya» futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi bo'lsa amalga oshishi mumkin, chunki «Yuventus» hozircha to'liq transferni rasmiylashtirishga tayyor emas.
Xuanlu Sanches «Sevilya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «nervionliklar» bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!