Zamin App
Zamin.uz Mobil ilovamizda yangiliklarni qulayroq o'qing!
Yuklab olish
USD: 12136.92   EUR: 14191.70   RUB: 159.99

Bavariyada eng katta maosh Musialaga toʻlanmoqda

date views 0 category Sport
Bavariyada eng katta maosh Musialaga toʻlanmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubida ayni paytda eng ko‘p daromad olayotgan futbolchi kim ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Kristian Falk bergan ma’lumotga ko‘ra, jamoada eng yuqori maosh hujumkor yarim himoyachi Jamal Musialaga tegishli. Manbaga ko‘ra, bonuslar bilan birga 22 yoshli futbolchining yillik daromadi qariyb 30 million yevroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, hatto jamoa yulduz hujumchisi Garri Keyn ham bundan kamroq maosh oladi.

Musiala joriy mavsum Bundesligada hozircha atigi bitta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Yarim himoyachi yanvargacha og‘ir jarohatdan tiklanish jarayonida bo‘lgani eslatib o‘tildi.

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.