Al-Nasr Ronalduni 2027 yildan keyin ham ushlab qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, jamoa bilan shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda saqlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Xususan, Ronalduning «Al-Nasr»dagi hozirgi ulushi 15 foizgacha oshirilishi ehtimoli bor. Liga esa u ketgan taqdirda jahon miqyosidagi qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli rejalarni o'rganmoqda.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida «Al-Nasr» safiga qo'shilgan. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!