Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda Yaponiyaning «Xirosima» jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs taqdirini 78-daqiqada kiritilgan gol hal qildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga uch ochko olib berdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing