David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq Buenos-Ayresning “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan Argentina ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu safar Trezege maydonga emas, klubning boshqaruv tizimiga qaytmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokida rasman tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanadi hamda “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing