date

"Real" gʻalabani soʻnggi daqiqada boy berdi, bahslar yana avj oldi...

"Real" gʻalabani soʻnggi daqiqada boy berdi, bahslar yana avj oldi...

La Liga 32-turidan oʻrin olgan bahsda "Real Madrid" safarda "Betis" bilan kuch sinashib, gʻalabani qoʻldan chiqardi — 1:1. Uchrashuv soʻnggi daqiqalardagi dramatik holatlar va bahsli epizodlar bilan yodda qoldi.

Oʻyin davomida madridliklar hisobda oldinda borayotgan bir paytda, qoʻshimcha vaqtda mezbonlar gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. Mazkur golga olib kelgan vaziyat esa katta muhokamalarga sabab boʻldi. Jarima maydonida Antoni raqib himoyachisi Ferlan Mendini qoʻlidan ushlab muvozanatdan chiqargani koʻpchilik tomonidan fol sifatida baholandi. Shundan soʻng u toʻpni oldinga uzatdi, toʻp Antonio Ryudiger orqali qaytib, Ektor Beleringa yetib bordi va u aniq zarba bilan hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi.

Bahsning birinchi boʻlimida ham munozarali holat kuzatildi. Braim Diasning zarbasidan keyin toʻp Rikardo Rodrigesning qoʻliga tekkaniga qaramasdan, bosh hakam Sesar Soto Grado penalti belgilamadi. Bu qaror ham mehmonlar tomonida norozilik uygʻotdi.

Oʻyindan keyin fikr bildirgan Alvaro Arbeloa ushbu epizodlarni tanqid ostiga oldi. Uning taʼkidlashicha, Mendiga nisbatan ochiq fol boʻlgan va bunday vaziyatlarda kichik taʼsir ham futbolchining muvozanatini yoʻqotishiga olib keladi. “Bu kabi qarorlarni tushunish uchun futbolni his qilish kerak. Bizda muammo shundaki, baʼzi qaror qabul qiluvchilar buni anglamaydi”, — dedi u.

Shuningdek, Arbeloa birinchi boʻlimdagi epizodni ham eslab, oʻsha vaziyatda penalti belgilanganda oʻyin taqdiri boshqacha boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

"Biz koʻp holatlarda boʻlgani kabi xafamiz. Birinchi boʻlimda ochiq penalti bor edi, u bilan oʻyin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi, - dedi Arbeloa.

Qisqacha aytganda, "Real Madrid" uchun bu uchrashuv nafaqat ochko yoʻqotish, balki hakamlik qarorlari bilan bogʻliq bahslar bilan ham esda qoldi. Mavsum hal qiluvchi bosqichga kirib borayotgan bir paytda bunday yoʻqotishlar jamoa uchun qimmatga tushishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" gʻalabani soʻnggi daqiqada boy berdi, bahslar yana avj oldi...