Ronaldusiz g'alaba uchun Krishtianu ikki emoji qoldirdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichida maydonga tushmayapti. Bu musobaqa Osiyodagi klublar o'rtasidagi turnirlar ierarxiyasida ikkinchi o'rinda turadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, yetakchisiz ham «Al-Nasr» ishonchli o'ynamoqda: saudiyaliklar chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutdi. Tojikistonda «Istiqlol» 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi. Krishtianu unga olov va qarsak emojilarini qo'shdi.
Ronaldu 40 yoshda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!