date

Toshkentda 22 yoshli yigit poyezd bosib ketishi oqibatida halok boʻldi

Toshkentda 22 yoshli yigit poyezd bosib ketishi oqibatida halok boʻldi

Toshkent shahrida 25 aprel kuni Jaloyir—Sergeli temir yoʻl bekatlari oraligʻida yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yuborishi natijasida u vafot etdi.

Qayd etilishicha, hodisa shanba kuni tungi soat taxminan 02:00 larda yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2004 yilda tugʻilgan yigit temir yoʻl hududida poyezd ostida qolgan. Voqea joyida qon izlari saqlanib qolgan boʻlib, hudud keyinchalik tozalab chiqilgan.

Temir yoʻl kesishmasida navbatchilikni amalga oshirayotgan xodimning aytishicha, voqea paytida Jaloyir tomondan kelayotgan yuk poyezdi signal bergan, kesib oʻtish qismi yopilgan va u poyezdni kutib olish uchun chiqqan.

Xodimning soʻzlariga koʻra, poyezd odatdagidek harakatlanib oʻtib ketmay, toʻxtab qolgan. Shundan keyin mashinist pastga tushib, taxminan 500 metr oldinda rels ustida inson boʻlganini, uni kech payqaganini va toʻxtashga ulgurmaganini bildirgan.

Guvohlarning maʼlum qilishicha, marhum hodisa vaqtida mast holatda boʻlgan va rels yaqinida uxlab qolgan boʻlishi mumkin. Hodisadan koʻp oʻtmay joyga ichki ishlar xodimlari, yoʻl-patrul xizmati va boshqa masʼul tashkilot vakillari yetib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 22 yoshli yigit poyezd bosib ketishi oqibatida halok boʻldi