date

Haykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Haykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Haykin «Manchster Siti» ustidan qo'lga kiritilgan sensatsion g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida norvegiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Haykinning aytishicha, o'yindan keyin ham jamoa uzoq vaqtgacha nimalarga erishganini to'liq his qila olmagan. Uning ta'kidlashicha, bu uchrashuv nafaqat «Bude-Glimt», balki butun Norvegiya sporti uchun ham tarixiy voqeaga aylandi.

Darvozabon bu g'alaba shaxsiy faoliyatidagi eng muhim natijalardan biri ekanini ham qo'shimcha qildi.

Ayni paytda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Haykin Manchster Siti ustidan g'alabani tarixiy deb atadi