date

Al-Nasr Ronaldu 2027 yildan keyin ham Saudiya Arabistonida qolishini istaydi

Al-Nasr Ronaldu 2027 yildan keyin ham Saudiya Arabistonida qolishini istaydi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, ya'ni “Al-Nasr” bilan shartnomasi yakunlangach, klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni portugaliyalik yulduzni mamlakatda ushlab qolish uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Rejaga binoan, Ronalduning “Al-Nasr”dagi amaldagi ulushi 15 foizgacha oshirilishi ehtimoli bor. Liga Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni o'rganmoqda.

Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida “Al-Nasr”ga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu 2027 yildan keyin ham Saudiya Arabistonida qolishini istaydi