Bavariya Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokarani davom ettirmoqda

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma yuzasidan hali yakuniy kelishuvga erishgani yo'q. Bu haqda jurnalist Maksimilian Koh xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar asosan ikki masalani muhokama qilmoqda: kelishuvning amal qilish muddati hamda shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari. Klub va futbolchi Upamekano jamoada 2030 yilgacha qoladimi yoki 2031 yilgacha — shu borada yakuniy qarorga kelishi kerak.
Shuningdek, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bandi qachondan kuchga kirishi ham kelishilmayapti: futbolchi 2027 yildan boshlab bo'lishini istamoqda, klub esa 2028 yil variantini ma’qul ko'rmoqda.
Ta’kidlanishicha, moliyaviy masalalar bo'yicha kelishuv deyarli tayyor: yillik 20 million yevro maosh va shuncha miqdordagi imzo bonusi allaqachon muhokama qilingan. Muzokaralarda bir oylik kechikish bo'lishiga qaramay, Upamekanoning klubda qolish ehtimoli yuqori.
Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz futbolchi 24 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 1 ta golli uzatma berdi va 7 marta ogohlantirish oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!