date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham o‘ynagan va jamoa bilan Argentina futboli ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege klubga futbolchi sifatida emas, rahbariyat tarkibiga qo‘shilish uchun kelmoqda. Uning “River Pleyt”dagi aniq lavozimi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni butun rahbariyat ishtirokida tantanali tarzda tanishtirdi.

Taqdimotda Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada rasman vakillik qilishi aytib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi