date

Balogun 2026 yilgi mundialdan kutganlari bilan o'rtoqlashdi

Balogun 2026 yilgi mundialdan kutganlari bilan o'rtoqlashdi

"Monako" hujumchisi Folarin Balogun 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'z kutganlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, mundial uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududida bo'lib o'tadi. Balogun esa aynan AQSH terma jamoasi safida to'p suradi.

"Men doim aytaman: eng muhimi — jahon chempionatiga qanday sport formasida yetib borishing. Hozir "Monako"da maydondagi o'yinimga to'liq e'tibor qaratishim kerak, bu menga o'sha turnirga eng yaxshi holatda borishga yordam beradi", — futbolchining so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Bu mundial tarixda ilk bor bir vaqtning o'zida uch mamlakatda o'tkaziladi. Shuningdek, turnirda birinchi marta 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

AQSH avval faqat bir marta — 1994 yilda jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. O'shanda musobaqa chempioni Braziliya bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Balogun 2026 yilgi mundialdan kutganlari bilan o'rtoqlashdi