date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi

«Fenerbahche»ning sobiq futbolchisi Linkoln portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo haqida keskin fikr bildirdi. Mourinyo Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, murabbiy unga bergan va’dasini bajarmagan va futbolchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. U ijaraga «Xall Siti»ga ketishi oldidan Mourinyo bilan gaplashganini, murabbiy esa uni Portugaliyadagi yozgi yig‘inga kutayotganini aytganini ta’kidladi.

Futbolchi mavsumni Angliyada yakunlagach, yig‘inga chaqiruv bo‘lishini kutgan, biroq keyin Mourinyo bilan bog‘lanishga uringanida, murabbiy muloqotdan bosh tortgan. Linkolnning so‘zlariga ko‘ra, Mourinyo u bilan bevosita gaplashmay, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.

Linkoln o‘sha paytda jamoa Portugaliyada bo‘lganiga qaramay, uni Istanbulga yuborishganini va alohida mashg‘ulot o‘tash buyurilganini qo‘shimcha qildi. U bu holatni adolatsiz va hurmatsiz munosabat sifatida baholadi, shuningdek, jarohatidan so‘ng klub tomonidan yetarli qo‘llab-quvvatlash bo‘lmaganini ham aytdi. «Mashhur futbolchi bo‘lmasam ham, doim maydonda borimni berganman», — dedi u Fanatik nashriga.

Hozirda Joze Mourinyo «Benfika»ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi