Haykin Manchster Sitini yengish Norvegiya sporti tarixida qoldi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Haykin «Manchster Siti» ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabani alohida voqea sifatida baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norvegiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Haykinning aytishicha, o‘yin tugaganidan keyin ham ular XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini mag‘lub etganini darhol anglab yetishmagan. Darvozabon bu bahs nafaqat «Bude-Glimt», balki norvegiyaliklar va umuman Norvegiya sporti uchun tarixiy o‘yin bo‘lganini ta’kidladi.
Shuningdek, u ushbu g‘alabani o‘z faoliyatidagi eng muhim natijalardan biri deb atadi.
Ayni paytda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!