OKMK kambek qildi: «Lokomotiv» soʻnggi daqiqadagi gol evaziga yutqazdi

Oʻzbekiston Superligasining 10-turi qiziqarli va dramatik uchrashuvlar bilan start oldi. Olmaliq shahrida boʻlib oʻtgan markaziy bahslardan birida «OKMK» oʻz maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilib, muxlislarga haqiqiy shou taqdim etdi.
Uchrashuvning birinchi qismida mehmonlar ustunlikni qoʻlga kiritdi. 52-daqiqada Sardor Mirzayev aniq zarba bilan hisobni ochib, «temiryoʻlchilar»ni oldinga olib chiqdi. Shundan keyin «OKMK» bosimni oshirib, vaziyatni oʻzgartish uchun faol harakat qildi.
Maydon egalari intilishlari oʻz samarasini berdi. 72-daqiqada Avaz Oʻlmasaliyev hisobni tenglashtirib, jamoani oʻyinga qayta olib kirdi. Bellashuv taqdiri esa 90-daqiqada hal boʻldi — Nodir Abdurazzoqov soʻnggi lahzalarda gol urib, «OKMK»ga irodali gʻalabani taqdim etdi.
Superliga. 10-tur
OKMK — Lokomotiv 2:1
27 aprel. Olmaliq. «OKMK SM» stadioni
Gollar: Avaz Oʻlmasalev (72), Nodir Abdurazzoqov (90) — Sardor Mirzayev (52).
OKMK — Javohir Ilyosov, Mirjamol Qosimov (Arixiro Sentoku, 69), Giorgi Papava, Avaz Oʻlmasaliyev, Dilshod Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Ali Abdurahmonov, 85), Asad Sobirjonov, Nodir Abdurazzoqov (Saidafzal Axrorov, 54), Ahmadullo Muqumjonov (Urosh Koyich, 54), Abror Karimov (Shahzod Toirov, 46), Siyavash Haqnazariy.
Lokomotiv — Aleksey Kozlov, Anzur Ismoilov, Bilol Tupliyev (Quvonch Abrayev, 75), Temurxoʻja Abduxoliqov, Aleksandar Shushnyar, Sardor Mirzayev (Nikolay Ivanov, 66), Oleksandr Kucherenko, Shuhrat Muhammadiyev (Abdulloh Yoʻldoshev, 86), Oleg Zoteyev, Yovan Nishich, Muhammadali Reimov (Shodiyor Shodiboyev, 86).
Ogohlantirishlar: Abror Karimov (15), Oleg Zoteyev (33), Nodir Abdurazzoqov (62).
Shu tariqa, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa ochkolarini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-pogʻonaga koʻtarildi. «Lokomotiv» esa 14 ochko bilan 7-oʻringa tushib ketdi.
Qayd etish joiz, ushbu bahsni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro stadiondan kuzatib bordi. Uning tashrifi ham oʻyinga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.
Qisqacha aytganda, bu oʻyin “qaytish” qanday boʻlishini koʻrsatdi — oxirgi daqiqagacha ishonadiganlar yutadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!