"Inter" jamoasi "Komo" ustidan irodali g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

"Inter" jamoasi "Komo" ustidan irodali g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Qisqacha

"Inter" jamoasi "Como" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonib, kubok finaliga yo'l oldi. Dastlabki o'yinda 0:0 hisobida durang o'ynagan "Como", javob o'yinida 2:0 hisobida ortda qolgan edi. Biroq, "Inter" o'yinchisi Xakan Chalxanog'lu 69 va 86-daqiqalarda ikki gol urib, hisobni tenglashtirdi va 89-daqiqada Petar Susich g'alaba golini kiritdi. Endi "Inter" 13 may kuni Rimda "Lazio" yoki "Atalanta" bilan finalda to'qnash keladi.

Italiya futbolining kutilmagan jamoasi bo'lgan "Komo" dramatik yarim final bahsida o'z tarixidagi ilk kubok finaliga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sesk Fabregas shogirdlari o'z maydonidagi 0:0 hisobidan so'ng, javob o'yinida "Inter" mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Martin Baturina hisobni ochgan bo'lsa, 48-daqiqada Lukas Da Kunya mehmonlarning ustunligini mustahkamladi. Biroq o'yin yakunida Xakan Chalxanoglu boshchiligidagi milanliklar haqiqiy irodani namoyish etib, vaziyatni o'zgartirishga muvaffaq bo'lishdi.

"Inter" jamoasi "Komo" ustidan irodali g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Bundesliganing sobiq yulduzi Chalxanoglu 69 va 86-daqiqalarda dubl qayd etib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa uning uzatmasidan so'ng Petar Susich g'alaba golini kiritib, hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, "Inter" o'z tarixidagi o'ninchi kubok sari muhim qadamni tashladi.

Endi milanliklar 13 may kuni Rimda bo'lib o'tadigan finalda "Latsio" yoki "Atalanta" juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. Ayni paytda A Seriyada ham peshqadamlik qilayotgan "Inter" jamoasi o'z tarixida uchinchi bor oltin dubl qayd etish imkoniyatiga ega.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar