"Volfsburg" Fullkrug transferi uchun barcha choralarni ko'radi

1 daqiqa o'qish185
"Volfsburg" Fullkrug transferi uchun barcha choralarni ko'radi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Fullkrug yozgi transfer oynasida Bundesligaga qaytishi kutilmoqda. Hozirda "Milan" klubida ijara asosida to'p surayotgan 33 yoshli futbolchining kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"Volfsburg" klubi tajribali hujumchini o'z safiga qo'shib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Transfer jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, ushbu kelashuv klubning Bundesligadagi o'rnini saqlab qolishiga bog'liq bo'lib turibdi.

"Volfsburg" Fullkrug transferi uchun barcha choralarni ko'radi

Hozirda "Volfsburg" turnir jadvalining quyi pog'onasida bormoqda va elitada qolish uchun kurashmoqda. Agar jamoa o'z o'rnini saqlab qolsa, Fullkrugni tarkibga jalb etish bo'yicha muzokaralar jadallashadi.

Fullkrugning huquqiy egasi bo'lgan "Vest Xem" hujumchini deyarli tekinga qo'yib yuborishga tayyor. London klubi futbolchini maoshlar ro'yxatidan chiqarishni maqsad qilgan, chunki u Angliya premyer ligasida o'zini ko'rsata olmadi.

"Volfsburg" Fullkrug transferi uchun barcha choralarni ko'radi

Hujumchi o'tgan mavsumda "Borussiya Dortmund" safida 15 ta gol urib, Chempionlar ligasi finaliga chiqishda katta hissa qo'shgan edi. Biroq "Vest Xem"ga 27 million yevro evaziga o'tgach, jarohatlar tufayli o'z formasini yo'qotib qo'ydi.

Shuningdek, Bundesligaga qaytishga yaqin turgan "Shalke" klubi ham Fullkrug variantini ko'rib chiqmoqda. Gelzenkirxenliklar uni faoliyatini yakunlashi mumkin bo'lgan Edin Jeko o'rniga munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?