Rayan Sherki 34 million funt evaziga «Man Siti» a'zosiga aylandi

1 daqiqa o'qish423
Rayan Sherki 34 million funt evaziga «Man Siti» a'zosiga aylandi

«Man Siti»ning sobiq hujumchisi Pol Dikov jamoaning yangi yulduzi Rayan Sherki va murabbiy Pep Gvardiola o'rtasidagi murakkab munosabatlar haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, fransiyalik pleymeyker o'zining erkin o'yin uslubi bilan murabbiyni goh hayratga soladi, goh g'azablantiradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sherki «Lion» klubidan 34 million funt sterling evaziga sotib olingan edi. 22 yoshli futbolchi Manchester klubi bilan 2030-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Rayan Sherki 34 million funt evaziga «Man Siti» a'zosiga aylandi

Mutaxassislar uning transferini jamoa uchun juda foydali kelishuv deb baholamoqda.

Gvardiola odatda maydonda qat'iy tartib va taktik intizomni talab qiladi. Biroq Sherki Ronaldinyo yoki Neymar kabi kutilmagan harakatlar qilishni xush ko'radigan ijodkor futbolchilar sirasiga kiradi.

Rayan Sherki 34 million funt evaziga «Man Siti» a'zosiga aylandi

Uning «Arsenal»ga qarshi final o'yinidagi fintlari mutaxassislar o'rtasida qizg'in bahslarga sabab bo'ldi.

Dikovning ta'kidlashicha, Gvardiola futbolchining mehnatsevarligini yuqori baholaydi. Sherki «Man Siti» asosiy tarkibida qolish uchun maydonda bor kuchi bilan harakat qilishi kerakligini yaxshi tushunadi.

Bu esa murabbiyning unga bo'lgan ishonchini oshirmoqda.

Joriy mavsumda Rayan Sherki barcha musobaqalarda 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda jamoa Angliya kubogi finaliga chiqqan va Premyer-ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?