Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajakka aniqlik kiritdi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda emas. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing