Ronaldu Al-Nasr g‘alabasiga ikki emoji bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr o‘z yetakchisisiz ham natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda Istiklol 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yin tugaganidan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasr guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi postni repost qildi. Krishtianu xabarga olov va qarsak emojilarini qo‘shib qo‘ydi.
Ronaldu hozir 40 yoshda. Uning Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog‘liq soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!