Kilmeys stadionni yangilash uchun muxlislardan yordam so'ramoqda

Argentinaning eng qadimgi klublaridan biri hisoblangan «Kilmeys» (1887 yilda tashkil topgan) ko'p yillik tarixi sabab katta muxlislar armiyasiga ega. Biroq hozir jamoa og'ir davrni boshdan kechirmoqda va qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e'lon qilib, muxlislarga noodatiy taklif bilan chiqdi: gap pul yig'ish haqida emas. Aksincha, ishqibozlardan eski usulda stadionga kelib, jismonan mehnat qilish, maydon atrofidagi turli qayta ta'mirlash yumushlarida qatnashish so'raldi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar chaqiriqqa ijobiy munosabat bildirib, klub iltimosiga mamnunlik bilan javob berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing