Ispaniya va Misr o'rtasidagi o'yinda muxlislar diniy kamsitishga yo'l qo'yishdi

Ispaniya va Misr o'rtasidagi o'yinda muxlislar diniy kamsitishga yo'l qo'yishdi
Qisqacha

Ispaniya va Misr o'rtasidagi o'yin davomida muxlislar diniy kamsitishlarga yo'l qo'yishdi, bu esa futbol olamida keskin noroziliklarga sabab bo'ldi. Ispan muxlislar raqib jamoaga qarata haqoratli so'zlar aytishgan, bu holatni futbolchi Lamin Yamal qoralab, bunday harakatlarni hurmatsizlik deb atadi. U futbolning odamlarni birlashtirish va zavq olish uchun xizmat qilishi kerakligini ta'kidladi, shuningdek, terma jamoa murabbiyi bunday shaxslarni jamiyatdan ajratish zarurligini ta'kidladi.

Ispaniya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi (0:0) vaqtida muxlislarning nojo'ya xatti-harakatlari futbol olamida keskin noroziliklarga sabab bo'ldi. Stadionga tashrif buyurgan ispan ishqibozlari raqib jamoaga qarata diniy mazmundagi haqoratli so'zlarni aytib baqirishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda muxlislarning «sakramagan odam musulmondir» qabilidagi hayqiriqlari aniq eshitilgan. Ushbu holatga Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi yulduzi Lamin Yamal o'zining Instagram sahifasida munosabat bildirdi.

Futbolchi o'zi ham musulmon ekanligini ta'kidlab, bunday harakatlarni hurmatsizlik va qabul qilib bo'lmas holat deb atadi.

«Kecha stadionda yangragan hayqiriqlar shaxsan menga qaratilmaganini bilsam-da, musulmon sifatida buni haqorat deb qabul qilaman. Futbol odamlarni e'tiqodi uchun kamsitish emas, balki zavqlanish va birlashish uchun xizmat qilishi kerak», — dedi Lamin Yamal o'z bayonotida.

Uning jamoadoshi Pedri ham ushbu vaziyatdan hayratda ekanini va futbolchilar har qanday ko'rinishdagi irqchilikka qarshi ekanini ma'lum qildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente esa bunday shaxslarni jamiyatdan ajratish va stadionlardan butunlay chetlatish zarurligini ta'kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar