Laporta Flik bilan shartnomani uzaytirish masalasini kechiktirishga qaror qildi

"Barselona" prezidenti Xuan Laporta klubning hozirgi sport loyihasiga to'liq ishonishini bildirdi. U jamoada barqarorlikni saqlash va mavjud futbolchilarga tayanish muhimligini ta'kidlab, bosh murabbiy Xansi Flik hamda yarim himoyachi Pedrining faoliyatini yuqori baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Laporta germaniyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish masalasiga to'xtalib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, Flik hozircha shartnomani yangilashga ehtiyoj sezmayapti va barcha masalalar mavsum yakunida xotirjam hal etiladi.

Prezident murabbiyning professionalligini va uzoq muddatli kelishuv murabbiyni xotirjamlikka chorlashi mumkinligini qayd etdi.
Klub rahbari transfer siyosati borasida "La Masia" akademiyasi falsafasiga sodiq qolishini ma'lum qildi. U jamoani shunchaki transferlar uchun kuchaytirish niyati yo'qligini, tarkibda Xuan Garsiya kabi jahon darajasidagi darvozabon va mustahkam o'zak borligini qo'shimcha qildi.

Shuningdek, Laporta FIFA tomonidan belgilangan xalqaro o'yinlar taqvimini tanqid qildi. Braziliyalik Rafinyaning terma jamoa safida jarohat olgani prezidentning noroziligiga sabab bo'ldi.
U xalqaro tashkilotdan yirik klublar manfaatlarini hisobga olgan holda yangi taqvim ishlab chiqishni talab qildi.
Suhbat yakunida Laporta yosh yulduz Pedri haqida ham iliq fikrlar bildirdi. Uning ta'kidlashicha, Pedri akademiyadan chiqmagan bo'lsa-da, maydonda "Barselona" uslubini to'liq gavdalantira oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!