Max messenjeridagi reklama budjetlari besh oy ichida 55 barobarga oshdi

Rossiyaning Max milliy messenjerida reklama joylashtirish hajmi 2026 yil yakuniga ko'ra 2–2,5 mlrd rublga yetishi mumkin. Telega.in tahlilchilari va Interaktiv reklama rivojlanish assotsiatsiyasi mutaxassislari shunday prognoz bilan chiqishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bu ko'rsatkich 2025-yilda 50–60 mlrd rublga baholangan influens-marketing bozorining qariyb 3–4 foizini tashkil etadi.
Platformadagi o'sish sur'atlari hozirning o'zida yuqori dinamikani ko'rsatmoqda. 2025 yil oktyabridan 2026 yil martigacha bo'lgan besh oy ichida Max messenjeridagi reklama budjetlari 55 baravarga oshib, oyiga 2 mln rubldan 110 mln rublgacha ko'tarildi.
Reklama beruvchi kompaniya va brendlar soni esa 25 baravarga ko'payib, 5 mingtaga yetdi.
Reklama joylashtirishda eng faol yo'nalishlar sifatida yangiliklar va OAV (52,2%), oilaviy kontent (42,4%) hamda ta'lim (34,8%) sohalari qayd etildi. Asosiy mijozlar qatoridan onlayn ta'lim platformalari, blogerlar va ko'chmas mulk segmenti vakillari joy olgan.
Telega.in bosh direktori Vladimir Mosin 2026-yilda Max reklama bozori o'sishda davom etishini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bunga kompaniyalar tomonidan maydonchani faol sinovdan o'tkazilishi, o'rtacha chek miqdorining oshishi va platformada ochiq hamda yopiq kanallar soni ko'payishi xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!