"Barselona" hakamlar ustidan UEFAga rasmiy shikoyat yo'lladi

"Barselona" hakamlar ustidan UEFAga rasmiy shikoyat yo'lladi
Qisqacha

"Barselona" klubi UEFAga rasmiy shikoyat yubordi, chunki ular Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"dan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, hakamlik qarorlarini tanqid qilmoqda. Ular 54-daqiqada raqib jarima maydonchasida sodir bo'lgan bahsli vaziyatni o'rganishni talab qilmoqda, chunki hakam penaltini belgilamagan. Katta muammolarni ko'tarib, Barselona rahbariyati hakamlar o'rtasidagi muloqot yozuvlarini taqdim etishni so'radi va jamoaga nisbatan ikki yoqlama standartlar qo'llanilayotganini da'vo qilmoqda.

"Barselona" klubi Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakamlik borasida UEFAga rasmiy shikoyat yubordi. Kataloniyaliklar uchrashuvning 54-daqiqasida raqib jarima maydonchasi ichida sodir bo'lgan bahsli vaziyatni o'rganishni talab qilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub bayonotiga ko'ra, raqib o'yinchisi to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lsa-da, hakam penalti belgilamagan va VAR tizimi ham vaziyatga aralashmagan. "Barselona" rahbariyati bu qarorni jiddiy xato deb hisoblab, hakamlar o'rtasidagi muloqot yozuvlarini taqdim etishni so'radi.

"Barselona" hakamlar ustidan UEFAga rasmiy shikoyat yo'lladi

Shu bilan birga, klub so'nggi yillarda Chempionlar ligasida hakamlar tomonidan jamoaga nisbatan ikki yoqlama standartlar qo'llanilayotganini da'vo qilmoqda. Biroq mutaxassislar kataloniyaliklarning bu ayblovlarini asossiz va o'z mag'lubiyatini oqlashga urinish deb baholamoqda.

Bosh murabbiy Hansi Flik ham o'yindan so'ng hakam Shimon Marchinyakning harakatlaridan norozi bo'ldi. Germaniyalik mutaxassis barcha bahsli vaziyatlar raqib foydasiga hal qilinganini va bu natijaga bevosita ta'sir ko'rsatganini ta'kidladi.

"Barselona" hakamlar ustidan UEFAga rasmiy shikoyat yo'lladi

Eslatib o'tamiz, birinchi uchrashuvda "Atletiko" 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Endi Lamin Yamal va uning jamoadoshlari javob o'yinida o'zlarining haqiqiy kuchini ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqish uchun kurashishlari lozim bo'ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar