Pedri jarohati sabab «Atletiko» bilan o'yinda almashtirildi

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Atletiko»ga qarshi o'yinda yarim himoyachi Pedrini nima sababdan tanaffusda almashtirganiga oydinlik kiritdi. «Kamp Nou»da o'tgan bahsning birinchi bo'limidan so'ng maydonni tark etgan futbolchi o'rniga Gavi tushirildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
«Mundo Deportivo» nashri xabariga ko'ra, Pedri tizzasining orqa qismida og'riq sezgan. Futbolchining jarohatlarga moyilligini hisobga olgan klub tibbiy shtabi murabbiylar shtabiga tavakkal qilmaslikni va uni zaxiraga olishni maslahat bergan.
Kataloniyaliklar o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi va endi yarim finalga chiqish uchun javob o'yinida qiyin vazifani bajarishi kerak bo'ladi. Pedrining shanba kuni «Espanyol»ga qarshi bo'lib o'tadigan derbi o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.
Shu bilan birga, olti haftalik tanaffusdan so'ng Frenki de Yong safga qaytishi kutilmoqda. Yarim himoyachi derbi bahsigacha to'liq tiklanib, jamoaga yordam berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!