Londonda jahon chempionati start oldi: Oʻzbekiston ham ishtirok etadi

1 daqiqa o'qish223
Londonda jahon chempionati start oldi: Oʻzbekiston ham ishtirok etadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • London shahrida stol tennisi bo'yicha jahon chempionati boshlandi.
  • Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoalari, erkaklar va ayollar, o'z imkoniyatlarini namoyish etish uchun ishtirok etadi.
  • Erkaklar jamoasi 4-guruhda Braziliya, Vengriya va Puerto-Riko bilan raqobatlashadi, ayollar jamoasi esa 11-guruhda Avstraliya, Nigeriya va Uelsga qarshi o'yinlar o'tkazadi.
  • Musobaqa nafaqat medallar uchun, balki tajriba orttirish va reytingni oshirish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Bugun London shahrida stol tennisi boʻyicha jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga rasman start beriladi. 10 mayga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada dunyoning kuchli terma jamoalari qatorida Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etib, oʻz imkoniyatlarini namoyish etishadi.

Maʼlum qilinishicha, yurtimiz sharafini ham erkaklar, ham ayollar terma jamoalari himoya qiladi. Ushbu musobaqa nafaqat medallar uchun kurash, balki jahon arenasida tajriba orttirish va reytingda yuqori pogʻonalarga koʻtarilish imkonini ham taqdim etadi.

Erkaklar terma jamoasi tarkibida Shohruh Iskandarov, Sarvarbek Gʻulomov, Diyorbek Dilshodov va Jamshid Rahimberganov kabi mahoratli sportchilar jamlangan. Ular 4-guruhdan oʻrin olgan boʻlib, raqiblar orasida Braziliya, Vengriya hamda Puerto-Riko terma jamoalari bor.

Jamoamiz guruh bosqichini 28 aprel kuni Vengriyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Keyingi kuni Puerto-Riko bilan kuch sinashsa, 30 aprel kuni guruhning eng kuchli raqiblaridan biri sanalgan Braziliyaga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvlar pley-off yoʻllanmasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.

Ayollar terma jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etishga tayyor. Tarkibdan Arujan Kamalova, Asel Erkebayeva va Adelina Hasanova oʻrin olgan. Ular 11-guruhda Avstraliya, Nigeriya va Uels jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Ayollar jamoamiz ham musobaqani 28 aprel kuni Avstraliyaga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. 29 aprel kuni Uelsga qarshi bahs oʻtkazilsa, 1 may kuni Nigeriyaga qarshi guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyin boʻlib oʻtadi.

Mutaxassislar fikricha, har ikki jamoamiz oldida oson boʻlmagan sinov turibdi. Biroq sportchilarimizdagi ishonch, intilish va jangovor ruh ularga munosib natija qayd etish imkonini berishi mumkin.

Qisqasi, London arenalarida qiziqarli va keskin kurashlar kutilmoqda. Endi barcha eʼtibor — Oʻzbekiston terma jamoalarining chiqishlariga qaratilgan. Muxlislar esa sportchilarimizdan yaxshi natijalar kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?