Malikada iPhone 17 narxi 889 dollardan boshlanmoqda

Toshkentdagi "Malika" savdo majmuasida "Apple" kompaniyasining yangi iPhone 17 turkumidagi smartfonlari uchun taxminiy narxlar belgilandi. Qurilmalar xotira hajmi, ranglari va SIM-karta turlariga ko'ra turli narxlarda taklif etilmoqda.
Xususan, bitta IMEI raqami ro'yxatdan o'tgan iPhone 17 modelining 256 GB xotirali varianti 889 dollardan sotilmoqda. iPhone 17 Air modellarining narxi rangiga qarab 989 dollardan 1 029 dollargacha etib belgilangan.
Yuqori texnik ko'rsatkichlarga ega iPhone 17 Pro modelining 256 GB xotirali varianti 1 299 dollardan, 512 GB xotirali varianti esa 1 429 dollardan boshlanadi. Eng yuqori 1 TB xotiraga ega Pro talqini 1 629 dollar qiymatida baholanmoqda.
iPhone 17 Pro Max modellarining narxi xotira hajmiga qarab sezilarli farq qiladi. 256 GB xotirali model 1 439 dollardan, 512 GB xotirali model 1 599 dollardan, 1 TB xotirali variant esa 1 799 dollardan taklif etilmoqda.
Eng qimmat 2 TB xotirali Pro Max modeli 1 999 dollardan 2 699 dollargacha sotilmoqda.
Ikki dona IMEI raqami ro'yxatdan o'tgan (Sim+esim) modellar narxi biroz yuqoriroq bo'lib, iPhone 17 Pro Max 256 GB varianti 1 539 dollarni tashkil etmoqda. Ushbu narxlar bozor konyunkturasi va talabdan kelib chiqib o'zgarishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!