date

Kerrik gʻalabani baholab, "Liverpul"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlikni aytdi

Kerrik gʻalabani baholab, "Liverpul"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlikni aytdi

Angliya Premer-ligasining 34-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Yunayted» oʻz maydonida «Brentford»ni 2:1 hisobida magʻlub etib, muxlislarini xursand qildi. Ushbu uchrashuvdan soʻng “qizil iblislar” bosh murabbiyi Maykl Kerrik matbuot vakillari bilan fikrlarini baham koʻrdi.

Murabbiyning taʼkidlashicha, jamoa oʻyinni juda faol va ishonchli boshlagan. Ilk daqiqalardayoq tashabbusni qoʻlga olgan “Yunayted” raqibga bosim oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. Biroq u “Brentford”ni ham alohida eʼtirof etdi — raqib jamoa tartibli va sifatli oʻyin namoyish etganini taʼkidladi.

Kerrikning soʻzlariga koʻra, bellashuv davomida vaziyat oʻzgarib borgan. “Brentford” oʻyinga qaytib, tanaffusgacha jiddiy qarshilik koʻrsatgan. Shu bois ikkinchi boʻlimda taktik oʻzgarishlar kiritishga toʻgʻri kelgan va bu qarorlar oʻz samarasini bergan.

Uchrashuvning hal qiluvchi daqiqalarida raqibda bir nechta xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan boʻlsa-da, murabbiy oʻz shogirdlarining jangovor ruhi va birdamligini alohida taʼkidladi. Uning fikricha, aynan jamoaviy harakat va intizom gʻalabani taʼminlagan asosiy omillardan biri boʻlgan.

Kerrik mavsumning hozirgi bosqichi haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, chempionatning hal qiluvchi pallasida har bir ochko oltinga teng va jamoa bugun aynan shunday muhim gʻalabani qoʻlga kiritgan. Qoʻlga kiritilayotgan natijalardan u qoniqish hosil qilayotganini ham yashirmadi.

Shu bilan birga, murabbiyni oldinda yanada ogʻir va masʼuliyatli oʻyinlar kutayotganini qayd etdi. Ayniqsa, navbatdagi bahs — "Liverpul"ga qarshi toʻqnashuv jamoa uchun katta sinov boʻlishi kutilmoqda.

Kerrik soʻzi yakunida ushbu uchrashuvni katta intiqlik bilan kutayotganini va jamoa bu bellashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganini taʼkidladi. Qisqasi, “Manchester Yunayted” hozirda yaxshi formada va hal qiluvchi oʻyinlar oldidan ishonch bilan olgʻa intilayotgan jamoalardan biriga aylanmoqda.

"Bugun biz uchun uch ochko juda muhim edi. Bu yana bir gʻalaba. Oldinda «Liverpul»ga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi va biz buni sabrsizlik bilan kutyapmiz", — dedi murabbiy Sky Sports efirida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kerrik gʻalabani baholab, "Liverpul"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlikni aytdi