date

Shri-Lankada rohiblar ishtirokidagi yirik narkotik kontrabanda fosh etildi

Shri-Lankada rohiblar ishtirokidagi yirik narkotik kontrabanda fosh etildi

Shri-Lankada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoiy holat fosh etildi. Mamlakatda 22 nafar buddist rohib katta miqdordagi narkotik moddalarni olib kirishga uringani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar berdi.

Hodisa Bandaranaike International Airportdada, poytaxt Kolombodan shimolda joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari ushbu musodarani aeroport tarixidagi eng yirik holatlardan biri sifatida baholamoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, rohiblar Tailanddan kelgan bo‘lib, ularning yuklaridan jami 112 kilogrammga yaqin narkotik moddalar — “kannabis” va “gashish” aniqlangan. Musodara qilingan noqonuniy yukning umumiy qiymati 1,1 milliard Shri-Lanka rupiyasidan, ya’ni taxminan 3,45 million AQSH dollaridan oshib ketgan.

Qo‘lga olinganlar 26 aprel kuni Negombo sudiga olib borildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoiy tarmoqni mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan ibodatxonalardan biriga aloqador bo‘lgan uch nafar rohib boshqargan. Qolgan 19 kishi esa ijtimoiy tarmoqlar, xususan Facebook orqali jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, yosh rohiblarning aksariyatiga bepul aviachiptalar, yashash joyi va oziq-ovqat va’da qilingan. Ularga aslida maktab o‘quvchilari uchun o‘quv materiallari va shirinliklar tashilayotgani aytilgan.

Shuningdek, Gampaha hududida ushbu jinoiy guruhning ehtimoliy tashkilotchisi ham qo‘lga olingan. Tergov davomida aniqlanishicha, guruh avval ham shunga o‘xshash operatsiyalarni amalga oshirgan va yaqin vaqt ichida yana bir yirik harakatni rejalashtirgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan keng ko‘lamli tergov ishlari olib borilmoqda. Bu voqea mamlakatda diniy shaxslar ishtirokidagi jinoyatlarga qarshi nazoratni kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada rohiblar ishtirokidagi yirik narkotik kontrabanda fosh etildi