date

Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibidan tushib qolishi mumkin

Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibidan tushib qolishi mumkin

Braziliya terma jamoasi so'nggi uchta Jahon chempionati davomida faqat Neymarga tayanib keldi. Biroq 2026-yilgi turnir yaqinlashgani sayin, jamoaning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari tarkibga kirishi so'roq ostida qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

2002-yildagi chempionlikdan keyin o'tgan 24 yillik sovrinsiz davr yulduz futbolchining yelkasiga og'ir yuk bo'lib tushdi.


Neymar 2010-yilda terma jamoada debyut qilganida, Ronaldinho va Adriano kabi afsonalar o'z cho'qqisidan tushgan, Kaka esa jarohatlar bilan kurashayotgan edi. Santos tarbiyalanuvchisi hech qanday estafetani qabul qilib olmadi, aksincha, bo'sh qolgan taxtga yolg'iz o'zi o'tirishga majbur bo'ldi.

Bu esa Braziliya futbolida «Neymar-dependencia», ya'ni bir futbolchiga qaramlik illatini keltirib chiqardi.


2014-yilgi uy mundialida Neymar jamoaning yarim gollari muallifi bo'ldi, ammo chorak finaldagi jarohati uni safdan chiqardi. Uning yo'qligida Braziliya yarim finalda Germaniyadan 1:7 hisobida sharmandali mag'lubiyatga uchradi.

Bu voqea jamoaning bir kishisiz qanchalik ojiz ekanini butun dunyoga ko'rsatib qo'ydi.

2018-yilgi Rossiya maydonlaridagi turnir oldidan Neymar dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan edi. Biroq jarohatlar va maydon tashqarisidagi mojarolar uning o'yiniga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Bugungi kunda Braziliya terma jamoasi yangi yulduzlar qidirmoqda, ammo 20 yillik qaramlikdan so'ng Neymarsiz yangi davrni boshlash oson kechmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibidan tushib qolishi mumkin