date

Marselo Brozovich mavsum yakunida Al-Nasrni tark etadi

Marselo Brozovich mavsum yakunida Al-Nasrni tark etadi

Yarim himoyachi Marselo Brozovich “Al-Nasr”dagi faoliyatini yakunlash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko‘ra, Saudiya klubi 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Xorvatiyalik futbolchi esa kelishuv bo‘yicha siljish bo‘lmagani sabab noroziligini bildirgan va agentiga Yevropada davom etish uchun yangi variantlarni ko‘rib chiqishni topshirgan.

Brozovich 2023 yilda “Inter”dan “Al-Nasr”ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Brozovich mavsum yakunida Al-Nasrni tark etadi