Ronaldu ishtirokisiz g‘alabaga ikki emodzi bilan javob berdi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, «Al-Nasr» o‘z yetakchisisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni saudiyaliklar guruhdagi beshinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi: Tojikistonda «Istiklol» 4:0 hisobida yirik mag‘lub etildi. Bu natija «Al-Nasr»ning keyingi bosqichga birinchi o‘rindan chiqishini ta’minladi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda jamoasining pley-offga yo‘l olgani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda qarsak emodzilarini qo‘shib qo‘ydi.
40 yoshli hujumchining «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing