date

Kilmeys stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Kilmeys stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmeys» 1887 yilda tashkil topgan. Jamoaning muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, klub hozir og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu sabab klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e’lon qilib, muxlislarga murojaat qildi. Qiziq tomoni, gap odatdagidek mablag‘ yig‘ish haqida emas: ishqibozlarga stadionga kelib, bevosita jismoniy mehnat qilib, qayta ta’mirlash va tartibga keltirish ishlarida yordam berish taklif etildi.

Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari hukm surayotganiga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa mamnuniyat bilan javob qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilmeys stadionni yangilash uchun muxlislarni yordamga chaqirdi