date

Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini baholadi

Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini baholadi

Maykl Karrik qo'l ostidagi dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongan «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi jadvalida to'rtinchi pog'onaga ko'tarildi. «Qizil iblislar» ketma-ket ikkita kuchli raqib — «Manchester Siti»ni 2:0, «Arsenal»ni esa 3:2 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta superkompyuteri hisob-kitobiga ko'ra, mavsum yakunida «MYU»ning Chempionlar ligasi yo'llanmasi beriladigan zonaga kirish ehtimoli hozir 21,7 foizni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich hali ham «Chelsi» va «Liverpul»nikidan past, shuningdek, ochkolar bo'yicha ancha oldinda borayotgan «Aston Villa», «Manchester Siti» hamda «Arsenal» bilan taqqoslaganda yanada pastroq.

Premyer-liganing 24-turida Karrik jamoasi o'z maydonida «Fulhem»ni qabul qiladi. Uchrashuv kelasi yakshanba, 1-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini baholadi