date

Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmayapti

Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmayapti

Avvalroq AQShda o‘tadigan jahon chempionati ayrim “progressiv yevropalik” davlatlar tomonidan boykot qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandik. Bu mavzuda, xususan, Germaniyada shunday chaqiriqlar yangramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatga Fransiya sport vaziri Marina Ferrari ham munosabat bildirdi. Uning aytishicha, hozircha fransuz tomonida boykot qilish niyati yo‘q, chunki musobaqa juda muhim.

“Hozir bunday istak yo‘q. Bu o‘ta muhim turnir. Ammo hech narsani istisno qila olmayman — vaziyat qanday o‘zgarishini kuzatamiz”, — dedi Ferrari.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va uch mamlakat — AQSh, Meksika hamda Kanadada o‘tkaziladi. Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon vitse-chempioni hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiya ham mundialni boykot qilish ehtimolini inkor etmayapti